100 dollar bills lie in a black book on a white background in close-up. A man’s hand opens a book with dollars. Find, a stock for a rainy day dollars. Inheritance

Bir ota qiziga kitob o’qishni odat qildirish uchun sovrin berib o’qitishni o’yladi. Bir kuni qiziga: «Qizim senga shu kitobni beraman. Agar o’qib tugatsang 100$ olasan» deb kitobni berdi. Bu taklif qizga juda yoqdi. Lekin afsuski, qizni kitob o’qishga hech toqati yo’q edi.

 

U o’zicha «Eng yaxshisi men bu kitobni tarjimayi holini internetdan topib o’qiyman. Otam o’qidingmi desa, kitob haqida gapirib beraman» deb o’yladi. Shunday kilib internetdan kitob haqida qisqacha matn topdi. Ikki varaqli bu ma’lumotni yaxshilab yodladi.

 

Albatta otasi sezib qolmasin deb bir hafta yurdi.

 

Bir haftadan so’ng «Otajon men kitobni o’qidim, endi 100$ni berasizmi?» deb so’radi. Otasi qizidan kitobda kelgan mavzulardan gapirishini so’radi.

Qizcha juda chiroylik qilib otasiga gapirib berdi. So’ng yana «Otajon endi 100$ni berasizmi?» dedi.

 

Ammo otasi qiziga u hech kutmagan javobni berdi: «Sen kitobni o’qimabsan, agar kitobni o’qiganingda ichidagi 100$ ni ko’rar eding!».

 

 

Manba: @Tafakkur3