Har kim dunyoni o'z qarichi bilan o'lchaydi

Bir o’g’rining qarmog’iga oltin baliq ilinibdi. Lekin u nima qilishini bilmasdan baliqni u yog’iga ag’daribdi, bu yog’iga ag’daribdi. ⠀

— Tila tilagingni, — debdi, nihoyat, oltin baliq tilga kirib. ⠀

— Bu nima deganing, — debdi tushunmasdan o’g’ri.

— Senga qanaqa tushuntirsam ekan, kecha bir odam meni ushlab olgan edi. U mendan yuz million so’m muhayyo qilishimni so’radi. Men uni bir zumda bajo keltirdim. Senga nima qilay?

— O’sha odamning uy manzilini ber, dermush.

 

Manba: @Tafakkur3