OT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Ilk bor otni qo’lga o’rgatish amali osiyolik ko’chmanchi qabilalar tarafidan eramizdan avvalgi besh minginchi yillarda ado etilgan.
2. Dunyo bo’yicha otlarning 160 taga yaqin turi bor.
3. Arab otlari dunyodagi eng qimmat otlar hisoblanadi.
4. Eng yirik ot sifatida Belgiya zotiga mansub ot tan olingan. Uning bo’yi 10 yoshida 1, 98 metrni tashkil etgan. Vazni esa 1451 kilogrammga teng bo’lgan.
5. Eng mayda ot deb 1975 yili «Falabella» zotli ot tan olingan. Uning laqabi Littl Pamkin bo’lib, bo’yi atigi 35, 5 santimetr, vazni esa 9, 07 kilogrammdan iborat bo’lgan.
6. Eng qimmat narxda Sharif Danser laqabli otni arab shayxlaridan biri 40 000 000 dollarga sotib olgan.
7. Tez yugurish bo’yicha Meksikada yashovchi Bich Rekit laqabli otga yetadigani yo’q. U ot poygasida soatiga 69, 6 km tezlikni qayd etgan.
8. Otlar odamga it kabi sadoqatli bo’ladi. Masalan, Qadimiy Rim imperatorlaridan biri Kaligula o’zining «Insitata» laqabli otini juda yaxshi ko’rgan. Shu qadar qattiq yaxshi ko’rganki, otni senator lavozimiga tayinlagan. Xuddi shu ishi uchun rimliklar uning ko’ksiga xanjar sanchib o’ldirgan.
9. Aleksandr Makedonskiyni «Busefal» laqabli oti 9 marta o’limdan saqlab qolgan. Navbatdagi janglardan birida ot o’lim topgach, xuddi o’sha joyga shahar qurib, shaharni otining nomi bilan nomlagan.
10. Rus podshosi Pyotr I «Lizetta» laqabli oti olamdan o’tgach, azbaroyi chiday olmaganidan oti uchun maxsus yodgorlik o’rnatish haqida farmon bergan.
11. 1923 yili Nyu-Yorkda katta ot poygasi tashkil etilgan. Poyga paytida ishtirokchilardan biri Frenk Xeyz infarktga uchradi. Ammo oti marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Faqat g’alabaga ustidagi egasining murdasi bilan birga erishdi.
12. Ot ko’zlari yordamida orqada nima bo’layotganini ham bemalol ko’rib turadi.
13. Qadimda mordvinlar odati bo’yicha ayollarga ham ot minish uchun rasman ruxsat berilgan. Faqat ayol o’z tanasini ot tanasiga tekkizib, jonivorni haqoratlamasligi uchun ikkita yubka kiyib olishi talab qilingan.
14. Ixtirochi Jeyms Uatt bug’li mashina yaratganda, tezligini ot kuchi bilan o’lchagan. Shundan beri avtomobillarning motor kuchi ot kuchi bilan belgilanadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi