Tamara ismli ayol Amsterdam orqali Guakilya (Ekvador)dan Ispaniyaga parvoz qilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “zamon.uz”yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, parvoz vaqtida ayol uchun kutilmagan voqea yuz berdi: birdaniga uni qorin og’rig’i bezovta qila boshlagan. Biroz muddat o’tgach esa ayol ona bo’ladi. U homilador ekanidan bexabar bo’lganini aytgan.
Amsterdamda samolyot qo’ngach, ona va bola shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Shifokorlar tez orada ular Ispaniyaga safarini davom etishi mumkinligini bildirdi.
Izohlarni ko`rish