Krishtianu Ronaldu va yana 6 nafar portugaliyalik futbolchi Fernandu Santushga termadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirishmadi.
68 yoshli mutaxassis terma jamoadagi 8 yillik mehnatidan so’ng bosh murabbiyligini tark etdi.
Santush tomonidan JCh-2022ga chaqirilgan 26 nafar futbolchidan ayni damda 7 nafari murabbiyning ketishiga izoh bermagan. Ular orasida: Krishtianu Ronaldu, Diogo Kosta, Jose Sa, Antoniu Silva, Joau Palinya, Ruben Nevesh va Rafael Leau bor.
Fernandu Santushga Instagramda post qoldirgan Pepe birinchi bo’lib minnatdorchilik bildirdi. Undan keyin Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu, Brunu Fernandesh va boshqa futbolchilar reaksiya bildirishdi.
Izohlarni ko`rish