Bugun hal qiluvchi bahs bo'lib o'tadi

Qatar maydonlarida davom etayotgan jahon chempionati bahslari bugun o’z yakuniga yetadi. Final bahsida yarim finalda Xorvatiyani mag’lub etgan Argentina Marokashdan ustun kelgan Fransiya bilan to’qnash keladi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00’da start oladi. «Lusail iconic stadium»da bo’lib o’tadigan bahsni polshalik Shimon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi.