1,35 mlrd dollarlik Mega Millions jek-pot g'olibi aniqlandi

1,35 mlrd dollarlik Mega Millions jekpotining g’olibi e’lon qilindi. Bu haqda chorshanba kuni Mega Millions lotereyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi USA Today nashri.

AQSh lotereyasi tarixidagi to’rtinchi yirik jekpot g’olibi o’tgan oyning 13 sanasida, juma kuni Men shtatida chipta sotib olgan.

1,35 milliard dollarlik Mega Millions g’olibi haqida nima bilamiz?

U yutug’ini olib ketganidan tashqari, hech narsa.

Mega Millions’ning ta’kidlashicha, ba’zi shtatlar lotereya g’oliblarining nomlarini e’lon qilishni talab qiladi, boshqalari esa yo’q. Misol uchun, Kaliforniya rekordini yangilagan 2,04 mlrd dollarlik Powerball g’olibi faqat o’zining ismini ko’rsatgan.

Ma’lum qilinishicha, Mega Millions jekpoti g’olibi o’z yutug’ini to’liq anonimlik saqlagan holda LaKoma Island Investments, LLC mas’uliyati cheklangan jamiyati orqali olgan.