«Bavariya» «Yuventus» himoyachisi Matteys De Ligt transferini e'lon qildi

19 iyul kuni «Bavariya» rasmiy sayti orqali «Yuventus» himoyachisi Matteys de Ligtning transferi haqida e’lon qildi. Futbolchi nemis klubi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan.

Avvalroq, De Ligtni sotib olish «Bavariya»ga bonuslarni hisobga olmaganda 70 million yevroga tushishi xabar qilingandi.

O’tgan mavsumda 22 yoshli himoyachi «Yuventus» safida barcha turnirlarda 42 o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

De Ligt 2019 yilda “Ayaks”dan “Yuventus”ga o’tgan edi.