Bunaqasi kam bo’ladi. O’sha kamdan unumli foydalanib qolish kerak. Kecha Qozog’iston milliy terma jamoasi futbolchilari haqiqatdan ham qaxramonlik qilishdi. 0:2 hisobida ortda borayotib, o’yin yakunida hisobni 3:2 qilib tashlashdi. To’g’risi, el qatori, daniyaliklar kabi bunday natijani men ham kutmagandim. Bu g’alaba ularni guruhdan chiqishlari uchun juda zo’r imkoniyat berdi. Chunki ushbu gurhuning boshqa bir uchrashuvida finlar mutlaqo kutilmaganda Shimoliy Irlandiya futbolchilrini 1:0 hisobida mag’lub etib qo’ydi. Bu esa gurhda chalkashliklar keltrriib chiqardi. Hozir faqatgina Sloveniya futbolchilarida 6 ochko mavjud. Ular ikkinchi turda Futboli Osiyo terma jamolarining eng bo’shlariga darajasi teng keladigan San-Marinoni 2:0 hisobida mag’lub etdi.
Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, Qozog’iston terma jamoasi bemalol Yevro 24 final bosqichiga chiqishi mumkin. Faqat buning uchun aslo qoqilmasliklari kerak. Va o’z o’rnida, asosiy raqiblari bo’lmish, Shimoliy Irlandiya, Daniya va Sloveniyadan ochko tortib olishlari talab etiladi.
1. Sloveniya
2 2 0 0 4 – 1:6
2. Daniya
2 1 0 1 5 – 4:3
3. Shim. Irlandiya
2 1 0 1 2 – 1:3
4. Kozog’iston
2 1 0 1 4 – 4:3
5. Finlyandiya
2 1 0 1 2 – 3:3
6. San-Marino
2 0 0 2 0 – 4:0