Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol Kane Tanaka 119 yoshida vafot etdi.
Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgandi.
NHK telekanali xabariga ko’ra, Tanaka 2022 yilning 2 yanvarida 119 yoshini qarshilagan. Fukuoka prefekturasidagi qariyalar uyida yashab kelgan onaxon, kovidga qarshi cheklovlar bois, yaqinlari bilan deyarli ko’risha olmagan.
Kane Tanaka 1903 yili tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida eri va katta o’g’lidan ayrilgan. Ayol butun umr urushdan oldin ochilgan do’konda guruchdan tayyorlangan non sotgan. 1970-yillarda pensiyaga chiqib dunyo bo’ylab sayohat qilgan, AQShga bir necha marta borgan.
2005 yilda, 102 yoshida qariyalar uyiga ko’chib o’tgan. 103 yoshida saraton xastaligini yenggan, shundan so’ng jiddiy kasallikni boshdan o’tkazmagan.