«PSJ» sport direktori Leonardo jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni tark etishi mumkinligini inkor etmadi.
«Real» klubi Mbappening Madridga ko’chib o’tishiga haddan tashqari ishonishmoqda. Bu kabi gap-so’zlar 3 yildan buyon davom etmoqda.
Yashirmayman, uning kelajagi borasidagi gaplar doimo bo’lib kelgan. Shuni aytamanki, futbolchi bilan doimiy ravishda aloqada bo’lib kelmoqdamiz. Jamoada uning qolish ehtimoli bor. Balki u yozda jamoani tark etishi ham mumkin. Barchasini futbolchi obdon o’ylamoqda», – deya Leonardo so’zlaridan keltirmoqda Fransiya OAV.
Izohlarni ko`rish