Bezgak kasalligiga qarshi birinchi vaksina joriy yilning 12 sentyabr, juma kunidan boshlab Keniya bo’ylab qo’llanilmoqda. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.
Shuningdek, ushbu vaksina emlash rejasiga ham kiritildi, ya’ni kelgusi 3 yil davomida 300 mingdan ortiq bola ushbu vaksina bilan emalanishi kutilmoqda.
«Ma’lumot uchun, bezgakdan har yili 400 ming nafar inson halok bo’ladi, qurbonlarning ko’pchiligini bolalar tashkil etadi», — deyiladi xabarda.
human.uz
Izohlarni ko`rish