GERMANIYaLIKLARNING ChUVALChANGLI TANSIQ BURGERI
Avvalo gamburger haqida ikki og’iz so’z. Germaniyaning Axen shahrida joylashgan «Rewe» supermarketlarida maxsus yetishtirilgan chuvalchangdan gamburger tayyorlab sotishmoqda. Aytishlaricha, bu chuvalchanglar Niderlandiyada yetishtirilarkan. Mutaxassislar buni o’ylab topguncha to’rt yil sarflashgan. Ajablanarlisi, Niderlandiya mutaxassislari Sharqiy Osiyoga borishganda, qumursqalardan pishirilgan tansiq taomlar restoranlarda dasturxonga tortilayotganini ko’rib qolishgandi. Vatanga qaytgach, yuqorida ta’kidlangan chuvalchangli gamburger tayyorlay boshlashibdi. Aytgancha, chuvalchangli gamburgerlar nafaqat Gollandiya, Germaniyada, balki Belgiyada ham sotilmoqda.
KETChUPNING QOTIRILGAN TURI
Juda qisqa vaqt ichida dunyo ahlining suyukli mahsulotiga aylangan ketchup «Slice of Sauce» kompaniyasi tarafidan qotirilgan holatda ishlab chiqara boshlandi. Qotirilgan ketchup xuddi pishloqni eslatadi. Uni ham kichik to’rtburchak shaklda bo’lakchalarga bo’lib gamburgerga qo’shiladi. Qotirilgan ketchup gamburger ichida erib, avtomat tarzda suyuq holatga kiradi. Shu asnoda qo’lga yopishmaydi, kiyimga ilakishib dog’ hosil qilmaydi.
AMERIKADA YeSA BO’LADIGAN PLENKA O’YLAB TOPIShDI
Amerika olimlari yaratgan yangi ixtiro mahsuli asosan meva, sabzavot, umuman aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari yaxshi saqlanishi uchun xizmat qilibgina qolmay, axlatga tashlab yuborishingiz uchun zarurat tug’dirmaydi. Bu plenkalarni mahsulotga qo’shib bemalol yesa bo’ladi.
Plenkalar kazein oqsili asosida yaratilgan. U odddiy plenkaga nisbatan kislorodni 500 karra yaxshiroq saqlay oladi. Ushbu plenka suvda juda qisqa fursatda erib ketadi.