BI-IR KULIShMAYMIZMI, OKA?..

* * *

Yigit onasiga dedi:

— Oyi, bugun uyimizga uch nafar qiz keladi. O’shalarning biriga uylanmoqchiman. Qay birini tanlaganimni o’zingiz toping-chi!

Qizlar kelib ketgach, so’radi:

— Xo’sh, qay biri ekan? Topdingizmi?

— O’rtadagisi.     

— O’, qanday topdingiz?

— O’shanisiga qarasam, asabim buzilaverdi.

* * *

Birinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:

— Nega ranging oqarib ketibdi?

— Bugun oyim yuvintirmagandi.

* * *

— Bobo, sizning tishlaringiz bormi?

— Yo’q, nevaraginam, yo’q.

— Unda manavi pechenyemni ushlab turing! Men hovlida o’ynab kelaman.

* * *

Er xotinidan so’radi:

— Nega yig’layverasan? Men safarga o’n yilga ketayotganim yo’q-ku! Atigi bir oygagina ketyapman!

— Doim shunaqasiz? Bir oyga deysiz-da, uch kunda to’satdan kirib kelasiz.

* * *

Xotin:

— Ikkalamiz jiddiy gaplashib olishimiz kerak.

Er:

– Bo’pti, sen boshlab turaver, men tezda kelaman.

* * *

Kompyuterchi xotiniga dedi:

— Xotin, hozir ag’darilib tushasan. Senga shunday sovg’a tayyorlab qo’yganmanki…

— Voy, tezroq ayta qoling. Qanaqa sovg’a ekan?

— Men yangi virus o’ylab topdim. Unga sening ismingni berdim.

* * *

Er:

— Nega Xudo ayollarni juda go’zal, shu bilan birga g’irt ahmoq qilib yaratgan?

Xotin:

— Go’zal qilib yaratganki, erkaklar bizni seva olishsin. G’irt ahmoq qilib yaratganining sababi, biz ham erkaklarni seva olishimiz kerak-ku!

* * *

Tunda er-xotin pashsha tutyapti. Xotin:

— Nechtasini tutdingiz?

— Beshta. Uchtasi urg’ochi, ikkitasi erkak.

— Ie, ularning urg’ochi, erkakligini qaerdan bila qoldingiz?

— Bu juda oddiy. Erkagi qachon qarasa, stol ustida o’tiradi, urg’ochilari ko’zgu atrofida aylanaveradi.

* * *

Er ko’chaga chiqib ketayotib xotinidan uy kalitini so’ragandi, u javob qildi:

— Sizga baribir emasmi? Agar ertalab kelsangiz, eshik ochiq bo’ladi. Yarim tunda kelsangiz, baribir qulfni topa olmaysiz.

* * *

Devor ustida ikkita xo’roz o’tiribdi. Biri shaharlik, ikkinchisi qishloqdan. Shaharlik xo’roz dedi:

— Kel, qichqirishamiz!

— E, yaxshisi, yur oshxonaga kirib yalang’och tovuqlarni tomosha qilamiz!