Koka-kola – dunyodagi eng mashhur gazli ichimlikdir. Mana 100 yildan oshdiki, dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi. Uning Vatani AQSh. 1886 yil Jon Pemberton tomonidan kashf qilingan.
Ichimlik nomi «kola» o’simligi nomidan kelib chiqqan. Dastlab bu o’simlik ichimlik tarkibiga qo’shilgan. Biroq tajribadan kelib chiqib, bu o’simlikda yengil giyohvand modda bo’lgani uchun ichimlik tarkibidan darhol olib tashlandi. Lekin mazkur o’simlik o’zidan mashhur «nom»ni qoldirib ketdi…
🔴 Koka-kolada bironta☝️ ham ozuqaviy element yo’q. Bu degani «bo’m bo’sh» kaloriyaga ega.
🔴 1 stakan ichimlikda 10 choy qoshiq shakar mavjud. Inson uchun kuniga 6 choy qoshiq shakar☝️ iste’mol qilish tavsiya etilgan. Shu yo’l bilan inson organizmida qandli diabet kasalligi oshishi mumkin.
Koka-kola ichganda 20 minutdan keyin qonda qand miqdori ko’tariladi. Jigar bu qandni yog’ga aylantiradi. Va bu semizlikka olib keladi. 1 soatdan so’ng ichimlik ta’siri yo’qoladi. Ichimlik taqdim etgan tetiklik endi serzardalik va uyquchanlikka almashadi.
🔴 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koka-kola ichganda uni yana ko’proq iste’mol qilishga ehtiyoj ortadi. Ya’ni inson organizmi bog’lanib qoladi.
🔴 Ichimlikning doimiy iste’mol qilinishi yurak kasalligi ortishiga sabab bo’ladi. Yurak xuruji tez-tez kuzatiladi.
🔴 Yana bir muhim jihati, koka-kola tarkibida ortofosfor kislotasi mavjud. Bu modda organizmda kalsiy so’rilmay chiqib ketishini ta’minlaydi. Oqibatda inson organizmining suyak to’qimalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, bolalar va ayollarda bu holat tezda o’z natijasini ko’rsatadi.
Ha, aytgancha, koka-kolaning foydali tomonlari ham bor…
🔵 Zanglagan temir buyumni koka-kola ichimligiga bir kechaga bo’ktirib qo’ysangiz, ertalab natijasini ko’rasiz.👍
🔵 Ayollar uchun. Agar ovqatingiz tagiga olgan bo’lsa, idishning tagi qoraygan bo’lsa, ichiga bir muddatga koka-kola solib qo’ying.
🔵 Yana bir muhim maslahat☝️. Vannaxona, hojatxona tozalash uchun mazkur ichimlikdan foydalaning, natijasi, albatta, sizni quvontiradi.
🔵 Agar suv ketish yo’llarida soch yoki boshqa chiqindilar to’planib qolgan bo’lsa, koka-kola ichimligi yordam beradi. 1 soatga ichimlikni quyib, ivitib qo’ysangiz, bas.
San’atxon Hamrayeva