Arab sayyohi Ibn Battutaning «Sayyohatnoma»sida Chingizxon haqida shunday ma’lumot berilgan: » Chingiz Movarounnahrni bosib oldi, Buxoro, Samarqand, Termizni vayron qildi… Ammo keyin Buxoro va Samarqand aholisini afv etib, ularga tegmadi va Iroqqa qaytib ketdi». Bu kitobda Chingizxon bu shaharlarni nima sababdan afv etgani haqida ma’lumot yo’q.
Lekin bu haqda ko’plab tarixiy manbalarda zikr etilgan bir voqea bor: 1220-yil mo’g’ul qo’shinlari Buxoroi Sharifga yopirilib kiradi. Hukmdorning buyrug’i bilan shaharni bir boshdan buza boshlaydilar. Shu jarayonda Chingizxon Arslon minorasini yaqindan kelib tomosha qila boshlaydi. Kutilmaganda, boshidagi tulki terisidan tikilgan qalpog’i uchib ketib, oti hurkib orqaga tisariladi. Shunda «Minora ilohiy ekan, ta’zim bajo keltirmaganim uchun menga g’azab qildi», degan fikr uning xayoliga keladi. Shundan so’ng Chingizxon bu muqaddas dargohni buzdirmaydi va minoraning sharofati bilan shaharning markaziy, janubiy va g’arbiy qismlari omon qolgan…