Habib Islam Maxachevning g'alabasiga munosabat bildirdi

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov do’sti Islam Maxachevning g’alabasiga munosabat bildirdi.

«Shunchaki eng zo’ri.Teng jangda eng zo’ri ekanligini isbotladi. Biroq o’z ustida ishlashi lozim bo’lgan narsalar bor. Biroq bugun u yangi tarixni yaratdi va endilikda Islam P4P reytingining birinchi raqamli jangchisi», – deb fikrini yakunladi Habib.

Bugun Islam Volkanovskini ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub etdi.