Chaqmoq urishi oqibatida dunyoda yiliga 6-24 ming nafar odam halok bo’lar ekan. Qurbonlarning 70% erkaklar tashkil etadi.
Chaqmoqlar butun tirik mahluqotlar uchun xavfli hisoblanadi. Agar u ko’krak qafasiga tushsa, yurakning darhol to’xtashi yuz beradi. Boshga ugranda ham tirik qolish dargumon.
Agar chaqmoqning elektr kuchi qo’l yoki oyoqqa tushsa, inson kuchli kuyish jarohatini oladi.
Chaqmoqlarning ajib fe’l-atvori
Nima uchun chaqmoq to’dalanib turganlar orasidan aynan bir odamgagina kelib tegadi. Buning javobini olimlar hali topganlari yo’q.
Yaponiyada g’alati bir voqea sodir bo’ldi. Maktab o’quvchilari o’qituvchilari bilan birgalikda tabiat qo’yniga sayrga chiqdilar. Yo’qolib qolmasliklari uchun ular hammalari bitta arqonni ushlab, zanjir bo’lib yurdilar. To’satdan chaqmoq chaqib, arqonga kelib urildi. O’quvchilarning yarmi halok bo’ldi, ya’ni har bittadan keyingi bola. To’g’riroq qilib aytganda, juft son ostida yurganlar halok bo’lib, toq sonlilar omon qoldilar. Taajjub!
Amerikalik Roy Sallivan ismli odam 7 marta chaqmoq urgani uchun Ginnesning rekordlar Kitobiga kirgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har bir odam chaqmoq urishi qurboniga aylanishi ehtimolining nisbati 1:3000. Shunga qaramay bu odam 7 marta chaqmoq ostida qolgan va har gal u omon qolgan. Keyinchalik odamlar chaqmoq ularga ham tegib ketishidan qo’rqib, Sallivandan nariroq yuradigan bo’ldilar.
Natijada noma’lum sabablarga ko’ra u o’z joniga qasd qildi. Dafn marosimidan keyin qabriston tepasida momaqaldiroq gumburladi. Chaqmoq chaqib Sallivanning qabriga kelib tushdi va qabrtoshini bo’laklarga bo’lib yubordi. Bu voqeaga guvoh bo’lganlar “yakuniy zarba” deya kulishgan edi.
Chaqmoqning yana bir qurbonlaridan biri Bolgariyalik Marta Maikiya ismli ayol bo’ldi. Ammo samoviy elektr razryad Martaning o’zini emas, uning erlarini ta’qib qilar edi. Uning birinchi turmush o’rtog’ini chaqmoq nikohlaridan ikki oydan keyin urgan. Ikkinchi erini esa to’y sayohati vaqtida yashin kelib urgan.
Ketma-ket bunday mudhish voqealardan keyin Marta stressga tushib qoldi va davolanish uchun Germaniyaga jo’nab ketdi. U yerdagi klinikada ruhshunos shifokor ayolni tushkunlikdan chiqardi va ular o’rtasida ishqiy munosabatlar paydo bo’ldi. Ular turmush qurishga qaror qildilar. Marta Bolgariyaga ketdi, sevgilisi esa biroz muddatdan keyin uning ketidan jo’nadi. Ammo yo’lda u momaqaldiroqqa duch keldi, chaqmoq u o’tirgan avtomobilga kelib tushdi va buning oqibatida vrach ham halok bo’ldi. Bu voqeadan keyin Marta boshqa hech qachon turmushga chiqmaslikka qat’iy qaror qildi.
loading…