O’zbek shou biznesi iqtidorli yulduzlarga juda boy. Xalqimiz juda boy tarixga ega, ajdodlarimizdan dunyoga mashhur allomalar, shaxslar yetishib chiqqan. Ushbu maqolamizda Rossiyada yulduzga aylangan vatandoshlarimiz haqida so’z boradi.

Aktrisa Ravshana Kurkova

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

Ravshana Kurkova (qizlik familiyasi Matchonova) 1980 yil 22 avgust kuni Toshkentda aktyorlar oilasida tig’ildi. Otasi – o’zbek kino va teatr aktyori Bahrom Matchonov, onasi – aktrisa Ra’no Kubayeva. Toshkentdagi kollejni bitirgandan keyin Moskvadagi davlat pedagogika universitetining filalogiya fakultetiga o’qishga kiradi. Parallel ravishda kastinglarda qatnashib, kinolarda rol o’ynaydi. Hozirda Ravshana Rossiya kinomatografiyasida yorqin rollari bilan ko’zga tashlangan iqtidorli aktrisa hisoblanadi.

Nargiz Zokirova

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

Nargiz Zokirova 1970 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida mashhur Zokirovlar sulolasiga taalluqli bo’lgan oilada dunyoga kelgan. Otasi – Po’lat Morduhayev, onasi – Luiza Zokirova. 14 yoshidan qo’shiqchilik faoliyatini boshlagan Nargiz ko’pgina tanlovlarda ishtirok etgan. 90 yillarning o’rtalarida u AQShga ko’chib o’tgan. 2013 yilda esa Rossiya televideniyasidagi “Golos” musiqali loyihasida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o’rinni egalladi. Hozirgi kunda u Rossiyaning mashhur yulduzlaridan biriga aylangan.

Sogdiana

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

Sogdiana – haqiqiy ismi Oksana Vladimirovna Nechitaylo 1984 yil 17 fevral kuni Toshkent shahrida tug’ilgan. U san’atkorlar oilasida tug’ilmagan bo’lsada, yoshligidan qo’shiq kuylashga qiziqqan. “Yurmala” dagi tanlovga tayyorgarlik ko’rayotgan paytda o’ziga Sogdiana taxallusini tanlagan. Qo’shiqchi hayotidagi o’zgarish uning Rossiyadagi «Fabrika zvyozd» shousidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu shouda g’oliblikni qo’lga kiritmagan bo’lsa ham, Rossiyalik tomoshabinlarning katta olqishiga sazovor bo’ldi.

Aziza

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto) O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

Aziza Muhamedova 1964 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tavallud topdi. 16 yoshida u “O’zbekkonsert” qoshidagi “Sado” estrada ansambilining solistlaridan biriga aylandi. 1988 yilda Yurmaladagi Butun ittifoq tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Mana shu muvaffaqiyat pallasida u Moskvaga ko’chib o’tdi va o’zining yakkaxon ijodini boshladi.

Farhod Mahmudov

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

Farhod Mahmudov 1972 yil 9 may kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Kino olamiga u tasodifan kirib kelgan. 14 yoshida unga “Bo’rilar” nomli qisqa metrajli filmda suratga tushishni taklif qilishgan. Bu filmdagi roli unga shuhrat olib keldi. Shundan keyin u birin-ketin yana bir qancha filmlarda rollar ijro etdi. Ushbu kasbga qiziqishi ustun kelib, u o’rta maktabni bitirishi bilanoq Moskvaga ketib, Butun Rossiya davlat kinemotografiya institutiga o’qishga kirdi. O’qishni bitirgandan keyin u teatr va kinoda rollar ijro eta boshladi. Haqiqiy mashhurlik va shuhrat Farhodga rus mafiyasi haqidagi “Brigada” serialidan keyin keldi.

O'zbekistondan chiqqan rossiyalik yulduzlar (+foto)

loading…