“Burger King” fast-fudlar tarmog’i Xelsinkida ofitsiantlardan uyaladiganlar uchun yangicha turdagi restoran ochishni niyat qilgan.
“Drive-Thru” deya nom olgan mazkur tarmoqda ofitsiant bilan muomala qilishga hojat bo’lmaydi. Buyurtmani mobil tizim orqali berish mumkin, mijoz restoranga kelish vaqtini ham o’z vaqtiga moslab tanlaydi, pulni esa plastik karta orqali to’laydi.
Bu yangi turdagi xizmat 7-8 daqiqa vaqtni iqtisod qilish imkonini beradi. Finlyandiyaliklarning aksariyati sirli va kamgap bo’lgani bois aynan ularning hududida shu xizmat turi tashkil etildi.
Izohlarni ko`rish