* * *
— Do’xtir, yozib bergan dorilaringiz menga foyda bermadi.
— Siz qutichasida ko’rsatilganidek undan foydalandingizmi?
— Ha, u yerda «Quruq va qorong’i xonada asrang!» deb yozib qo’yilgan ekan.
* * *
— Do’xtir, xotiramni yo’qotib qo’ydim.
— Qachon?
— O’n sakkizinchi mart, soat to’qqizdan besh daqiqa o’tganda.
* * *
Bir yigit boshliqning kotibasiga dedi:
— Men boshlig’ingiz bilan gaplashmoqchiydim. Uning oldiga kirsam bo’ladimi?
— U hozir yo’q. Bir joyga ish bilan ketgan.
— Ie, hozirgina uni oynadan ko’rdim-ku!
— Uyam sizni ko’rgan ekan.
* * *
— Eshitdingmi Toshmatga nima bo’lganini?
— Nima bo’ldi?
— Kechasi ketayotsa, orqadan kimlardir kelib boshiga bolta bilan uribdi.
— Xo’sh, keyin-chi?
— Nima keyin? Toshmat o’libdi.
— Yo’g’-e!
— Ha, boltaga zahar surtilgan ekan.
* * *
— Dadajon, 500 so’m bering, — so’radi o’g’il.
— Menga esa ming so’m kerak, — suhbatga aralashdi qiz.
— Menga 2000 cha pul yetadi, — dedi xotini.
— Bugun sizlarga nima bo’ldi o’zi? — ajablandi erkak.
— Ie, unutib qo’ydingizmi, bugun tug’ilgan kuningiz-ku!
* * *
DAN xodimi mehmonda o’tirib yig’ilganlarga dedi:
— Ishonasizlarmi, men bolaligimda qaroqchi bo’lishni orzu qilgandim!
Shunda o’tirganlardan biri unga javob qaytardi:
— Omadingiz bor ekan. Chunki, bolalikdagi orzular har doim ham ushalavermaydi.
* * *
Ona qizidan so’radi:
— Anavi tanishgan yigiting yaxshimikan?
— Albatta. Chekmaydi, ichmaydi, pulni iqtisod qiladi. Uch birday bolaning otasi.
* * *
Buvi to’rt yashar nevarasiga mashinani ko’rsatib dedi:
— Qara, bibip!
— Jinnimisiz buvi? Bu bibipmas, «Mersedes»ku!
* * *
Oshxonada idish-tovoq yuvayotgan dadasidan qizchasi so’radi:
— Dada, ikki xotinlilik nima degani?
— Bumi? Agar erkak mendan ikki baravar ko’p idish yuvsa, o’sha ikki xotinli deyiladi.
* * *
Ulug’ Vatan urushi. O’zbek chukchadan so’radi:
— Chukcha, mabodo hozir patroning tugab qolsa, nima qilarding?
— U yaramaslarni tishim… bilan yanchib tashlardim.
— Nima, tishlaring avtomatning o’q chiqadigan teshigiga sig’adi deb o’ylaysanmi?
* * *
Talabalar oshxonasida. Talaba taomnomani ko’zdan kechira boshladi:
— Suyaksiz sho’rva — uch yuz so’m
— Suyakli sho’rva — besh yuz so’m.
Talaba oshpazga yuzlandi va suyakli sho’rvaga buyurtma berdi. Ammo oshpaz uning qo’liga suyaksiz sho’rva to’la kosani tutdi.
— Ie, suyagi qani?
— Birpas sabr qiling, hozir bo’shab qoladi!
* * *
O’layotgan er xotiniga vasiyat qilyapti.
— Unutma, qo’shnimiz Eshmatning bizdan yuz ming so’m qarzi bor.
— Xo’p.
— Yana esingda tut, biz Qurvon akaga ellik ming qarzmiz.
— Uf-f, yana alahsirayapti-ya!
* * *
— Bilasizmi, ilgari bo’rilar, tulkilar va shunga o’xshash vahshiy hayvonlar umuman go’sht yemagan ekan.
— Qaerdan bildingiz?
— «Bo’g’irsoq» ertagini o’qigandim.
Olimjon HAYIT