Bugun Dior Sauvage atiriga talab ikki baravar oshib ketdi. Sababi…

Odatda mashhur brendlar katta janjallarga nisbatan uzoq turishga harakat qiladi. Ammo Ember Xyord Jonni Deppni zo’ravonlikda ayblaganida ham Dior Sauvage atirining yuzi hisoblangan aktyor bilan shartnomani buzmagan yagona brend bo’ldi. Natijda u Depp bilan g’alaba qozondi. Ma’lumotlarga ko’ra, sud jarayoni boshlanganidan beri Dior Sauvage’ga talab deyarli ikki baravar oshgan.

Bir oy mobaynida Google’dagi qidiruvlar soni 48 foizga o’sdi — martda 823 000 dan aprel oyida 1,2 millionga yetdi. Xuddi shu narsa TikTok’da ham sodir bo’ldi — odekolon 209 million marta ko’rilib, dasturda ommalashdi.

Sauvage hozirda Google va ijtimoiy tarmoqlar bo’yicha dunyodagi ikkinchi eng mashhur atir hisoblanadi. U Baccarat Rouge 540, Maison Frensis Kurkdjian’dan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Depp 2015 yilda Sauvage kompaniyasi ishga tushirilgandan so’ng uning yuziga aylangandi. Sud jarayonining boshidan oxirigacha Dior aktyorni qo’llab-quvvatladi. Bir yil oldin u hatto Depp bilan yangi reklamaga tayyorgarlikni ham boshladi. Buning uchun brend tez-tez tanqid ostiga olindi, lekin baribir hamkorlikni davom ettirdi va bundan afsus qilmadi.