O’zbekiston milliy terma jamoasi Shri- Lankaga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida g’alaba qozondi.
Namangandagi “Markaziy” stadionda bo’lib o’tgan o’yinda Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov va Farruh Sayfiyevlar gollar muallifi bo’lishdi.
Ayni damda “C” guruhida O’zbekiston terma va Tailand terma jamoalari 3 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.
Shri-lanka terma jamoasiga qarshi uchrashuv terma jamoaning bosh murabbiyi Srechko Katanes uchun ilk rasmiy uchrashuv bo’ldi.
Matbuot anjumanida Srechko Katanes “oldinda yana 2 ta muhim uchrashuvlar bor. Ularga jiddiy tayyorgarlik ko’rib, natijamizni yaxshilab borishga harakat qilamiz”, dedi.
O’zbekiston jamoasi navbatidagi o’yinini 11 iyunda Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.