Janubiy Koreyaning BTS guruhi a’zosi Jey Xoup harbiy xizmatga chaqirildi. Bu haqda 29 yoshli ijodkorning o’zi muxlislariga ma’lum qilgan.
Janubiy Koreyada 18 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan erkaklar majburiy harbiy xizmatni o’tashlari lozim. BTS guruhi vakillarining ma’lum qilishlaricha, Jey Xoupning harbiy xizmatga tayyorgarlik jarayoni endigina boshlangan.
Eslatib o’tamiz, BTS guruhi a’zolari orasida birinchi bo’lib Kim Sok Jin harbiy xizmatga chaqirilgan edi. U o’tgan yilning dekabr oyida 30 yoshni qarshilagan.
Izohlarni ko`rish