Zidan Londonning “Chelsi” klubini boshqarishi mumkin

Zinedin Zidan Londonning “Chelsi” klubini boshqarishi mumkin. Xabaringiz bor, fransuz “Real”dan ketganidan beri ishsiz.

The Sun ma’lumotiga ko’ra, Grem Potterdan nafaqat klub rahbariyati, balki “Chelsi”ning ko’plab futbolchilari ham norozi.

«Chelsi» bu mavsumning ikkinchi qismini achinarli holatda o’tkazmoqda, jamoa Yevropa musobaqalariga umuman kirmaslik xavfi ostida.