Mashhur Bollivud yulduzi Islomni qabul qilgani va musulmon kishiga turmushga chiqqanini omma oldida e’lon qildi. Bu Hindiston media olamidagi birinchi marta bo’layotgan hodisa emas, deb yozmoqda Azon.uz.
44 yoshli aktrisa, raqqosa va teleboshlovchi Raxi Savant islom dinini qabul qilgach, ismini Fotima deb o’zgartirdi. Nikoh tadbirkor Odilxon Duraniy bilan tuzilgan. Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan marosimdagi foto va video materiallar internetda keng tarqaldi.
TheCurrent.pk ma’lumotlariga ko’ra, Raxi 2022 yil 29 may kuni Odil bilan turmush qurgan. Biroq, bir qator sabablarga ko’ra, bu yangilik yaqinda e’lon qilindi.
Izohlarni ko`rish