Savol:
— Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, muzli do’zax haqida xadislar bormi? Bunday do’zax to’g’risida oz ma’lumotga egaman. Kitoblardan topa olmadim. Iltimos shu xaqida yozib yuborsangizlar. Alloh rozi bo’lsin. Oldindan rahmat.
Javob:
— Va alaykum assalom!
Alloh taolo “Naba’” surasida marhamat qiladi:
لَّا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا
24. Ular unda sovuq ham, ichimlik ham tatiy olmaslar.
25. Faqat qaynoq suv va yiringni (tatirlar) …
Ushbu oyatda “G’ossaqo”ni ibn Abbos roziyallohu anhu “O’ta qattiq sovuqlik bo’lib, o’sha sovuqligi bilan do’zax ahlini kuydiradi”deb tafsir qilganlar. Hozirgi kunda Sovuq payvandlash(“Xolodnaya svarka”) bunga yorqin misol. Vallohu a’lam!
manba: islom.uz
Izohlarni ko`rish