Bolalar 5 yoshdan maktabga borishlari mumkin

Qozog’iston ta’lim va fan vazirligi bolalarni maktablarning birinchi sinfga qabul qilish bo’yicha yangi qoidani tasdiqladi. Bu haqda «Ca-news.org» xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, barcha maktablar 7 yoshli bolalarni, shu bilan birga, joriy taqvim bo’yicha olti yoshli bolalarni, bilim darajasidan qat’i nazar, ta’lim maskani atrofida yashayotgan bo’lsa bas — birinchi sinfga qabul qiladi.

Sentyabr-dekabr oylarida tug’ilgan bolalar, agar yil oxirigacha 6 yoshga to’lsa, birinchi sinfga borishlari mumkin.

Agar shunday bolalar birinchi sinfga qabul qilinmasa, bu haqda ota-onalar Xalq ta’limi vazirligining o’zlari yashayotgan hududdagi quyi bo’g’inlariga shikoyat qilishlari mumkin.

Hujjatlar shu yil 1 iyundan 30 avgustga qadar qabul qilinadi.

Birinchi sinfga qabul hujjatlari orasidan yashash joyidan ma’lumotnoma chiqarib tashlandi.