Bug’da kuyganda g’ayrioddiy xususiyat bor: ko’p hollarda bug’ terida ko’zga ko’rinadigan jarohat qoldirmasa ham kattiq og’riq paydo qiladi.
Bizningcha, og’riq jarohatlangan joyga bog’liq, katta bo’lsa og’riq ham shunga yarasha qattiq, qanchalik kichik bo’lsa kuchsiz og’riq bo’lishi kerak.
Xo’sh, unda, ko’z ilg’amas jarohatda qanday og’riq bo’lishi mumkin?
Bilamizki, asosan, terimiz uch qavatdan iborat: epidermis — ustki, doimo yangilanib turuvchi, derma — hujayralardan iborat bo’lib, epidermisni oziqlantirib turuvchi va gipoderma — teri osti yog’ qatlami. (yana boshqa qoplamalar bor, lekin hozir biz uchun ahamiyatsiz)
Shveysariyaning Empa tadqiqot instituti xodimlarining Scientific Reports maqolasida epidermis terini tashqi ta’sirlardan himoya qilishi kerak bo’lsa ham, o’zidan suv bug’ini dermaga o’tkazib yuboradi. Buning natijasida bug’ tomchilari kondensatlanib, energiya ajratib chiqarib, sezgir dermani kuydiradi. Derma issiqlikni tashqariga tarqatib yuborishi qaytarib yuborishi kerak edi, lekin epidermisning issiqlik o’tkazuvchanligi juda ham pastligi hisobiga derma sekin sovishi natijasida qattq og’riydi va jarohatlanadi.
Shuning uchun ham epidermis jarohatlanmasa ham kuyishimiz mumkin.
Yana qiziqarli tomoni shundaki, agar teriga quruq issiq yo’naltirilsa, uning tashqi va ichki qavatlar asta sekinlik bilan qiziydi, bug’ esa terining ichkari qismigacha issiqlikni tez etkazgan.
Agar bug’da, masalan, qaynab turgan choynak suv bug’ida kuyish holati vujudga kelsa, kuygan joyni darhol sovuq suvga tutib, uzoq vaqt teri ostidagi tutilgan issiqni sovitish uchun ushlab turish kerak bo’ladi.