Bodomning foydali xususiyatlari

-Bodom eng mashhur va eng qadimiy yong’oqlardan hisoblanadi. Bodom so’nggi yillarda parhez tutuvchilar uchun universal mahsulotga aylanib bormoqda. 100 gr bodom tarkibida 41 gr yog’, 19 gr oqsil, 21 gr uglevod, 10 gr kletchatka, 5 gr suv va ma’lum miqdorda Ye, V vitaminlari bor, o’zida kremniy, kobalt, vanadiy kabi mikroelementlar tutadi.

– Bodom qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi, qand miqdorini kamaytiradi, ozishga ko’maklashadi, ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, anemiyaga qarshi kurashadi, nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

– Quruq meva 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga, ko’krak bilan birinchi 3 oylikda emizuvchilar uchun, allergiyasi bor insonlarga tavsiya qilinmaydi. Kunlik me’yor 8-10 donani tashkil qilishi lozim.

SoglomHayot