Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII “Osiyo bolalari” sport o’yinlari davom etmoqda.
Sportni rivojlantirish vazirligini xabar berishicha, uchinchi kungi bellashuvlarda ham sportchilarimiz medallar jamg’arishni boshlab yuborishdi.
Ulyana Nazmutdinova 100 metrga chalqancha suzishda 1.06.75 natija bilan bronza medalini qo’lga kiritdi.
Sportchilarimiz O’zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi medallar shodasini yengil atletika sporti bo’yicha taqdim etishdi.
Engil atletikachilarimiz Rustam Abdullayev (100 m) oltin, Amir Ishonxodjayev (100 m), Karina Karimova (100 m), Islom Tilaboldiyev (400 m) va Ruxshona Muhammadinova (3 000m) bronza medallarni qo’lga kiritishdi.
Terma jamoamiz hisobida yana ikki medal. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtlarimiz Rustam Abdullayev oltin , Sarvar Meyliyev esa kumush medalga sazovor bo’ldi.
Shu tariqa, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o’yinlarida hozircha O’zbekiston terma jamoasi hisobida 13ta medal, ya’ni 4ta oltin, 4ta kumush va 5ta bronza bor.
minsport.uz