Do’stimga:
– Nega xo’rozing qichqirmayapti? – dedim.
U:
– Qo’shnilarim uyqularini buzayotganidan shikoyat qilishdi. Shuning uchun so’yib yubordik.
Shundan angladimki, insoniyatni uyqusidan uyg’otganlarning kallasi ketishini doimo istashar ekan.
Ayman Yog’iy
loading…
Izohlarni ko`rish