VENERA QUYoSh ORBITASIDAGI KISLOTA OMBORIDIR
Yaqin o’tmishda astronomlar Venera sayyorasini Yerning egizagi sifatida e’tirof etib kelishgan. Haqiqatan, bu ikki sayyora hajm jihatidan bir-biriga o’xshash. Ular yonma-yon joylashgan. Lekin Venaraning Yer sayyorasidan yagona farqi shuki, sayyorada havo harorati +475 darajani tashkil etadi. Havo haroratini hisobga olgan olimlar Venerani iblis vodiysi deb atashgani ham fakt. Vaholanki, Quyoshga yaqin turgan Merkuriyda ham havo harorati Veneraga nisbatan past, ya’ni, +426 darajadan iborat. Qolaversa, Veneradagi havo harorati doimiy, o’zgarishsiz saqlanib qolgan. Bunga Venera atmosferasida karbonat angdrid zaharli gazining nihoyatda ko’pligi sababchidir. Shuning uchun ham olimlar Venerani ko’pincha «Quyosh orbitasining kislota ombori» deb atashadi.
Venerani tungi osmonda hech qanday maxsus asboblarsiz ham bemalol ko’rsa bo’ladi. U yorqin yulduz ko’rinishida darrov ko’zga tashlanadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, aslida Venera milliardlab yillar oldin bu qadar qaynoq sayyora hisoblanmagan. Sayyorada poyonsiz okeanlar suvga to’lib oqqan. Afsuski, yillar, asrlar sari okeanlar suvi parlanib, fazoga singib ketgan. Venera atmosferasini esa Ollohning qudrati bilan karbonat angdrid zaharli gazi qamrab olgan.
Venerada yana bir imkoniyat bor. U qachonlardir yer yuzidagi iqlimning global isishi natijasida parlangan suv misqollarini o’ziga qaytaradi va shunda rosmanasiga yerning egizagiga aylanadi. Venerada ham o’shanda haqiqiy hayot paydo bo’ladi. Ammo siz-u biz bu mo»jizalarni ko’rmaymiz.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…