* * *
Ishchi-xodimning tasavvurida hafta kunlari:
— Dushanba-a-a-a-a-a-a-a-a-a-a-a
— Seshanba-a-a-a-a-a-a-a-a-a-a
— Chorshanba-a-a-a-a-a-a-a-a
— Payshanba-a-a-a-a-a-a-a
— Jumashanbayakshanba
* * *
Do’konga olti yashar bolakay kirib sotuvchi ayolga dedi:
— Xola, kecha menga qaytimni noto’g’ri qaytaribsiz!
— Buning uchun kecha kelish kerak edi. Endi kech, bor, bor, toshingni ter!
— Shunaqami? Xo’p, unda bergan ortiqcha ming so’mingiz meniki bo’ldi!
* * *
— Bolakay, nega yarim kechasi ko’cha kezyapsan? Qani, tez uyingga kir-chi!
— Nega kirarkanman? Men hali uylanmaganman.
* * *
Ona besh yashar o’g’lini uxlatyapti.
— Uxla, qo’zim, uxla! Uxlamasang, Yalmog’iz kampir keladi!
— Aldamang, dadam aytgan, oyingiz bannisada ekan-ku!
* * *
Jarroh hamshiradan so’radi:
— Bemorga narkoz berdingizmi?
— Nima keragi bor? U baribir kar-soqov-ku!
* * *
Avtobusda ketayotgan xotin erini urishyapti:
— Siz xotinbozsiz! Birontayam qiz, ayolni ko’zdan qochirmaysiz-a!?
Shunda sal narida o’tirgan ayol unga luqma tashladi:
— Siz eringizni urishyapsizmi yo reklama qilyapsizmi?
* * *
Ona karavotdagi choyshablarni almashtirardi. O’g’ilchasi kelib so’radi:
— Oyi, nima qilyapsiz?
— Choyshablarni almashtiryapman.
— Kim ho’l qip qo’yibdi bugun?
* * *
O’t o’chiruvchilar boshlig’i xodimlar o’tirgan xonaga qo’llarini cho’ntakka solgancha kirib keldi-da, xotirjamlik bilan dedi:
— Yigitlar, tayyorlanaveringlar! Soliq inspeksiyasi boshlig’ining uyi yonyapti ekan!
loading…