QAYChINING QIZIQARLI TARIXI
Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanganki, qaychi eramizdan avvalgi uch yuzinchi yili Italiya va Galliyada baravar paydo bo’lgan. Bu ikki davlatning qay biri qaychiga vatan hisoblanishi ma’lum emas. Shunisi ma’lumki, o’shangacha yer yuzida qaychi umuman bo’lmagan. Qadimiy qaychilar hozirgisiga umuman o’xshamagan. Ularning ikki tig’i hozirgiga o’xshab boltcha emas, qiyshiq, egiluvchan plastinka yordamida birlashtirilgan. Ularda bosh va ko’rsatkich barmoq kiradigan aylanalar ham bo’lmagan. Bu qaychi ishlatgan odamga jiddiy noqulayliklar tug’dirardi.
Qaychi qadimda sof temirdan tayyorlangan. Keyinchalik arab xalifatlarida yaratilgan qaychilar hozirgilari kabi ikkita dumaloq aylana va ikkita uchli tig’ ko’rinishida bo’lgan. Ular mix bilan birlashtirilgan. Bizning yurtlarda esa qaychi taxminan X asrda paydo bo’lgan.