Bemorlikni chaqiruvchi so'zlar

Nemis psixoterapevti (asli kelib chiqishi Eronlik bo’lgan) Nusrat Pezeshkian birinchilardan bo’lib, aynan qanday so’zlar insonda kasallikni keltirib chiqarishini isbotlab bergan.

 

Insonning o’z ichki ruhiy ahvolidan kelib chiqib aytadigan so’zlari o’zining salomatligiga singib borar ekan.

 

Inson fiziologik organlari ishiga bevosita ta’sir qiluvchi so’zlar «organik nutq» ham deb atalar ekan.

 

Qanchalik baquvvat bo’lmang, o’zingizga aytilgan quyidagi so’zlar salomatligingizga putur yetkazar ekan.

 

Ba’zi paytlarda ma’lum qiyinchiliklar ichiga kirib borib, g’azab, jahl, nafrat bilan aytgan so’zlarimiz organlarimizga buyruq, komanda berish ko’rinishida bajarib, ma’lum a’zolar ishini izidan chiqarar ekan.

 

1.Barchasi meni bo’ynimda, muammolar meni bo’ynimda deganlarda- osteoxondroz rivojlanishi

 

2. Barchasi jonimga tegdi deganlarda- o’smalar rivojlanishi

 

3. Yuragimga qattiq oldim deganlarda- yurak infarkti rivojlanishi

 

4. Menga muammolar bosh og’rig’i bo’ldi deganlarda- migren rivojlanishi

 

5. Qonimni ichdi deganlarda- qon kasalliklari rivojlanishi

 

6. Sabr kosam to’ldi deganlarda-gipertoniya rivojlanishi

 

7. Eshitgim kelmaydi, o’chir deganlarda- garanglik rivojlanishi

 

8. Asabimni sinama deganlarda- depressiya rivojlanishi

 

9. Hayotimda quvonch yo’q deganlarda- jigar, o’t qopi kasalliklari, semizlik rivojlanishi

 

10. O’z-o’zini yeyish, birovlarni ishini hazm qila olmaslik- oshqozon yara kasalliklari rivojlanishi

 

11. O’lgudek charchadim deganlarda- urologik xastaliklar rivojlanishini isbotlagan.

 

P.S.: Doimo salomat bo’lishda o’zimizga so’zlayotgan so’zlarimizga e’tiborli bo’laylik.

Zero, dunyoni xam inson organizmini xam so’zlar boshqaradi!

 

Manba: @Tafakkur3