Baydenning rafiqasi “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimida boshlovchilik qiladi

AQShning birinchi xonimi Jill Bayden “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimida boshlovchilik qiladi. Bu haqida Oy uy ma’muriyati rasmiy bayonot bergan.

Jill Bayden taqdirlash marosimini taniqli reper Kardi Bi, aktyor va teleboshlovchi Jeyms Korden, aktyorlar Billi Kristal hamda Viola Devislar bilan birgalikda olib borishi aytilmoqda.

Eslatib o’tamiz, “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimi shu haftaning yakshanba kuni, 6-fevral sanasida o’tkaziladi.