Rossiya shaxmat federatsiyasi Yevropa musobaqalariga qaytish va Osiyoga ko’chib o’tishga urinishlardan voz kechgan birinchi Rossiya sport tuzilmasi bo’ladi.
Qayd etilishicha, federatsiyaning Yevropa shaxmat ittifoqidan Osiyo shaxmat federatsiyasiga o’tishi fevral oyi oxiri yoki mart oyi boshida rasmiylashtiriladi.
“RShF rossiyalik shaxmatchilar yangi mintaqada ko’proq o’yin amaliyotiga ega bo’lishiga ishonch bildirmoqda va Osiyodagi raqobat darajasi hozir Yevropadagidan ham yuqori”, deb yozadi nashr.
Urush sababli Rossiya futbol klublari va milliy terma jamoasiga UEFA shafeligidagi xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlangani uchun Rossiya futbol ittifoqi Yevropa assotsiatsiyasidan Osiyoga o’tmoqchi edi. Bu masala dekabr oyida muhokama qilingan, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmadi.
TASS