«PSJ» futbolchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin qaerda yashashni rejalashtirayotganini aytdi.
35 yoshli hujumchining «PSJ» bilan shartnomasi 6 oydan so’ng yakuniga yetadi. Uning yangi mavsumda qaerda bo’lishi hozircha aniq emas. Biroq, Messining o’zi ham har qanday holatda faoliyatini yakunlaganidan so’ng Barselonaga qaytishini aytdi.
«Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin yana Barselonaga joylashaman. Barselona – mening uyim», – dedi Kataloniya klubining sobiq futbolchisi Ole nashriga bergan intervyusida.
Mish-mishlarga ko’ra, Lionel Messi kelasi yozda «Barselona»ga qaytishi mumkin. Shuningdek, «PSJ» yetakchisiga Saudiya Arabistoni va MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Izohlarni ko`rish