Baxt gormonlari – ular ko'p bo'lishi uchun nima qilmoq kerak?

​​Bizning «baxt gormonlar»imiz miqdorini oshirib kayfiyatimizga ta’sir etishning oddiy usullari mavjud.

Bizni nima baxtli qilishi mumkinligi haqida o’zimizdan so’raganimizda odatda shart-sharoitlar, mol-mulk yoki hayotimizdagi odamlar haqida o’ylaymiz. Biroq, aslida baxtni his etish kimyoga bog’liq. Miya ishlab chiqaradigan to’rt asosiy modda baxt bilan bog’liq bo’lgan tuyg’u va hissiyotlarni yaratishga mas’uldir. Bu juda yaxshi yangilik-a, to’g’rimi? Bu deganiki, shart-sharoit, boylik yoki hayotimizdagi odamlarsiz ham baxt gormonlarimizni oshirib kayfiyatimizga ta’sir etishimiz mumkin.

Endorfin. Endorfinlar jismoniy og’riqlarni yengish uchun markaziy asab tizimidan ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarishning zararsiz yo’li – bu jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish. Bir tadqiqotga ko’ra, 10 kun davomida 30 minut yugurish yo’lakchasida yurish klinik depressiyani sezilarli tarzda kamaytirishga yordam berarkan.

Serotonin. Ehtimol, eng mashhur «baxt kimyosi». Bu neyromediator tabiiy ravishda biz har kunlik bajaradigan ba’zi narsalardan kelib chiqadi. Uni miqdorini oshirishning yo’li: quyosh nurida bo’lish. Jismoniy mashq va pozitiv fikrlash ham uni ishlab chiqarishda stimul beradi.

Dopamin. Uni ko’pincha «mukofot kimyosi» deb atashadi. Maqsadingizga erishganingizda yoki istagingiz amalga oshganida – yaxshi ishlaganingizni anglab siz dopaminning yoqimli dozasini olasiz. Yana bir yo’li siz uni odamlarga yaxshi munosabatda bo’lib ham his etishingiz mumkin. Volyontyorlik dopamin gormonini oshiradi. Kimnidir sevish va u haqidagi yoqimli o’ylar ham bu gormonni ishlab chiqaradi.

Oksitotsin. Bu gormon bilan onalarimiz yaxshi tanishlar. Bu gormon tug’ruq va emizish vaqtida ishlab chiqariladi. U asosan mehribonlik, g’amxo’rlik va yaqin munosabatlar bilan bog’liq. Oksitotsin gormoni ko’p bo’lishini istaysizmi? Kimnidir quchoqlang – mushukcha bo’lsa ham mayli.

Ba’zan, baxt uzoq, yetib bo’lmas orzu kabi ko’rinishi mumkin. Yaxshiyamki, bizning tanamizda doimo murakkab kimyoviy jarayonlar mavjud bo’lib, ular bizning kundalik harakatlarimizga ta’sir qiladi. Bizning gormonlarimiz va neyrotransmitterlarimiz qanday ishlashini tushunganimizda, biz ularni o’ylaganimizdan ham ko’ra osonroq «ishga tushirishimiz» mumkin.

loading…