Barmoqlaringiz tanangizning eng mo''jizaviy qismi

Sharq tabobatida qo’l barmoqlaridagi nuqtalarni uqalash yordamida organizmdagi almashinuv jarayonlarini tiklash, qon aylanishini yaxshilash, og’riqni yengillashtirish mumkin, deyiladi. Uqalash mashqi muntazam bajarilganida esa teri holati yaxshilanib, salomatlik tiklanib boraverar ekan. Yaponiyaliklar mazkur usulni uzoq umr ko’rish sirlaridan biri deb ataydilar. Xo’sh, barmoqlarni uqalash mashg’ulotini sinab ko’rasizmi?

BOSh BARMOQ

Yurak va nafas yo’llari salomatligi uchun mas’ul bo’lgan bosh barmoq yostiqchasini soat aylanasi bo’yicha uqalaysiz. Bu ishni har kunlik odat tusiga aylantirsangiz, yurak bezovtaliklari kamayadi, nafas olishingiz me’yorlashadi. Eng muhimi, bu oddiy uqalash muolajasini kechasi uyqudan oldin qo’llasangiz, asablar tinchlanib, sokin uyquga ketasiz.

KO’RSATKICh BARMOQ

Hazm faoliyatining buzilishi, qabziyat, qorin dam bo’lishi, ichaklarda siqilish (spazm) kuzatilganida aynan shu barmoq yostiqchasini uqalash lozim. Darvoqe, ko’rsatkich barmoqni uqalash yordamida ichaklar faoliyatini ham tartibga keltirsa bo’ladi. Shuning uchun xalq tabobatida qabziyat qiynab, ichaklar yurishishi buzilganda bu usuldan foydalanish buyuriladi.

O’RTA BARMOQ

Ko’ngil aynishi, bosh og’riqlari va uyqusizlikda o’rta barmoqni asta uqalang, tezda yengil tortasiz. Ba’zan stress va depressiyadan aziyat chekkanda sizni uyqusizlik, ko’ngil behuzurligi va ishtahasizlik qiynab qo’yadi. Bunday vaqtda o’rta barmoq uchidagi yostiqchani yengil uqalab muammoni bartaraf etishingiz mumkin.

NOMSIZ BARMOQ

Tushkunlik, asabiylik va alamzadalik ta’qib qilyaptimi? Nomsiz barmoqni uqalang-da, o’zingizni ko’lga oling. Ushbu barmoqni uqalash tanani bo’shashtiradi. Chunki undagi qon tomirlar to’g’ri yurakka tortilganligi tufayli yurakning xotirjamligini ta’minlay oladi.

JIMJILOQ

Ob-havoga ta’sirchanlik sabab kelib chiqadigan bosh og’riqlari, tish og’rig’i va jigar kasalliklarida aynan jimjiloq barmoqni uqalash o’z isbotini topgan. Shuning uchun bunday vaqtda har kuni uxlashdan oldin jimjilog’ingiz yostiqchalarini navbati bilan yengil uqalab turishingiz lozim.

Ana, ko’rdingizmi? Bu haqiqatan juda qiziq: tanamizdagi juda ko’p muammolar tabibi o’z tanamizda joylashgan ekan-u, bilmas ekanmiz. Shunday emasmi? Maslahatimiz, sinab ko’ring va o’zingiz bunga ishonch hosil qiling.

 

7 Mo»jiza gazetasidan olindi