Kun kulgisi

— Men otamga o’xshab oyiga ming dollar maosh olishni orzu qilaman.
— Nima, otang shuncha maosh olarmidi?
— Yo’q, u ham orzu qilardi.

***

Bir yigit millionerning qiziga uylanib boyib ketibdi. Uning uyiga bolalikda birga o’sgan do’sti mehmonga kelibdi. Xotini choy damlashga chiqib ketgan paytda:
— Og’ayni bu qizga nega uylanding? Bunchalik xunuk qiz bo’lmasa, ko’ziyam g’ilay, yurishi ham neto, uning ustiga duduq ham ekan, – deb shivirlab past ovozda gapirsa…
— Shivirlamay qattiqroq gapiraver, baribir eshitmaydi, – dermish…

***

Do’stlar suhbatidan:
— Oylik maoshing yaxshimi?
— Chidasa bo’ladi. Dasturxonimizdan ikra arimaydi.
— O, zo’r-ku! Ikrani qizilidanmi yoki qorasidanmi?
— Baqlajonli! Xotinim pishirgan!!!

***

Xotinining «Bo’ldi, men uydan ketaman» degan gapiga hamma erkaklar har-xil javob qaytarisharkan.
Yangi uylanganlar: «Yo’q, unday qilma! Kechir…» deyishadi.
Tajribalilar: Xotirjam turib, xotinining barcha gaplarini eshitadi.
O’ta tajribalilar: Xafa, tushkun holatda: «Sen faqat va’da berishni bilasan…!» deyishadi.

***

Bir kun ikki do’st uchrashib qolishibdi.
— Do’stim, nega ko’zing ko’kargan?
— E, ko’rmaysanmi!? Sport bilan shug’ullanay deb, tosh ko’tarishga borgandim. Bir baquvvat sportchi tosh ko’tarayotgan ekan… Shuni tamosha qilib turgandim…
— Sportchini qo’lidagi tosh seni ustingga tushib ketdimi?
— Yo’k!
— Unda nega ko’zing ko’kargan?
— Haligi sportchini ustidan kulib yuboribman…