1. Xo’sh, nega qonni nomsiz barmoqdan olishadi? Aytishlaricha, nomsiz barmoq kam ishlatiladi. Shuning uchun terisi dag’allashmaydi. Og’riq masalasida ham aynan nomsiz barmoq kamroq sezgi beradi. Jimjiloq ham o’rta, ko’rsatkich, bosh barmoqlar kabi qon olishga yaroqsiz hisoblanadi. U tanaga infeksiya tushishiga sababchi bo’lishi mumkin ekan.
2. Odamning qo’lidagi ko’rsatkich, o’rta va nomsiz barmoq eng kuchli sanaladi. Yoshi ulug’ odam shu barmoqlarning har birini bukmagan holda 55 kilogrammgacha yukni ko’tarib tura oladi. Bukilgan holda yanada ko’proq yukni ko’tarishi mumkin.
3. Odam umri davomida qo’ldagi barmoqlarni jami 25 million marta bukib, to’g’rilaydi.
4. Finlar, tatarlar va eron xalqlari vakillari ham nomsiz barmoqni shundayligicha atashadi. Ularning gapiga ko’ra, bu barmoq xudo bergan sehrga ega. Shu sababli unga nom berish taqiqlanadi.
5. Odamning endigina qoldirgan barmoq izi 0, 000001 gramm vaznga ega. Uning tarkibida yog’, tuz, oqsil va suv mavjud bo’ladi.
6. Oyoqlardagi barmoqlarning faqat bittasiga nom berilgan. U bosh barmoqdir. Qolganlariga hech kim shu paytgacha nom berish haqida o’ylab ham ko’rmagan.
7. Qachonlardir inglizlar va fransuzlar o’rtasida bo’lib o’tgan yuz yillik urush paytida fransuzlar asirga olingan ingliz kamonchilarining o’rta va ko’rsatkich qo’l barmoqlarini kesib tashlashgan. Shuning bilan ularning kamondan o’q otish imkoniyatini yo’qqa chiqarishgan.
8. Bosh barmoqni dunyoning turli xalqlarida turlicha nomlashgan. Masalan, hindular uni ona deb atashadi. Somalida esa bosh barmoqqa bobo deya nom berilgan.
9. Agar odamning nomsiz barmog’i uzunligi ko’rsatkich barmoq bilan baravar bo’lsa, bu odam nihoyatda azartli o’yinlarga ishqiboz sanaladi. Basharti nomsiz barmoq me’yordagidan-da kalta bo’lsa, u odam tabiatan qotillikka moyil hisoblanarkan.
10. Jimjilog’i o’ta harakatchan bo’lgan odamlar oratorlik iste’dodiga ega. Ular mustahkam asab sohiblaridir.
Olimjon HAYIT tayyorladi