1) Bitta ayol umri davomida o’rtacha 2-3 kg lab bo’yog’ini yeb qo’yadi.
2) Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marotaba ko’proq kiprik qoqar ekanlar.
3) Ayol erkakka qaraganda sodda va ishonuvchan bo’ladi. 15 soniya ichida uning ishonchini qozonish mumkin.
4) Ayollar yuzidagi 80 foiz ajin quyosh nurlari ta’sirida paydo bo’ladi.
5) Ilk kompyuter dasturchisi Ada Lovleys ismli ayol bo’lgan.
6) Tadqiqotlar ayol bir yilda ko’zgu qarshisida 120 soatini, ya’ni 5 kecha-kunduzini sarflashini ko’rsatmoqda.
7) Kimdir chaqirganda erkaklar gavdasini bursa, ayollar bo’yni yordamida qayrilib qo’ya qoladi. Chunki ayollarning bo’yni qayishqoq bo’ladi.
8) Qo’l telefonini ko’chada yo’qotib qo’yadigan erkaklardan ko’ra, telefonini tez-tez o’z sumkasida yo’qotib qo’yadigan ayollar soni ko’proq.
9) Ko’zoynagi boshida bo’la turib, uni uzoq izlaydigan ham ayoldir.
10) Ayol har gal oynada o’zini ko’rganida shu holatda suratga olinsa, qoyilmaqom surat chiqishiga ishonadi.
11) Ishga shoshib turgan ayol bir necha soniya mobaynida qo’lidagi kalitni hammayoqdan izlab ko’radi.
12) Ayol bir kunda 20 mingta so’z aytadi, ya’ni erkaklardan 13 mingta so’z ko’proq.
13) Qadimgi Rimda ayollar go’zal bo’lish ilinjida gladiatorlarning dubulg’asini kiyish orzusida bo’lishgan.
14) Rossiya ayollarga eng boy mamlakat hisoblanadi. Bu yerda yashaydigan ayollar soni erkaklarnikidan 9 milliontaga ko’p.
15) Garchi garderob to’la kiyim bo’lsa ham, ayol umrining bir yilini kiyish uchun qaysi ko’ylakni tanlashga sarflar ekan.
16) Ayollarning yuragi erkaklarnikidan tezroq uradi.
17) Dunyodagi 2 foiz ayol o’zini chindan ham go’zal deb hisoblar ekan.
18) Nigeriyalik onalar eng “bolajon” ayollar ekan. Ular hozirgacha o’rtacha 7 nafar farzandni dunyoga keltirishadi.
19) Dunyodagi ilk asar — “Genji” hikoyasi yaponiyalik adiba Murasaki Shikubi tomonidan milodning 1000 yilida yozilgan.
20) Dunyoning barcha mamlakatlarida eng uzoq umr ko’ruvchi fuqarolar ayollardir.
21) Dunyodagi ilk universitet asoschisi bu musulmon ayoldir. Fotima al-Fixri 859 yilda Marokashda Al-Karauin universitetiga asos solgan. Bu universitet hozirda ham faoliyat yuritadi va Ginnesning rekordlar kitobida eng qadimiy o’quv maskani deb tan olingan.
22) Ayol uchun turmush o’rtog’i unga berishi mumkin bo’lgan eng qadrli sovg’a bu uning vaqti, e’tibori va muhabbatidir. Bu dalil ilmiy isbotlangan va hayotda o’z tasdig’ini topgan.
Yana bir ma’lumotga ko’ra, ayollar erkaklarga qaraganda uch baravar ko’proq ko’z yosh to’kisharkan. Eng yig’loqi ayollar — turklar, eng yig’loqi erlar — italyanlar, yig’iga eng “xasis”lar bolgariyaliklar ekan. Pol yuvayotgan, oyna artayotgan ayolning tomir urishi daqiqasiga 120-140 taga yetadi. Uy bekasi kuniga 2700 kilokaloriya kuch sarflaydi, bu o’rtacha og’ir jismoniy ishni bajarganga tengdir.
Ha, azizlar, yuqoridagi faktlar ayni haqiqat. Shunga qaramay, ana shu qudratli ayollar faqat va faqat o’z juftlari bilangina baxtiyorlar. Chunki ayol va erkak ruhan, jismonan hamda ma’nan bir-biridan qisman farq qilsa ham ular bir-birlarisiz yashay olmaydilar, birgalikda bir butundirlar