Ayollar uchun eng xavfli davlatlar ro’yxati e’lon qilindi. Ular orasida AQSh ham bor. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
BMTga a’zo 193 ta davlat orasida o’tkazilgan tadqiqotda ayollar uchun eng xavfli 10 ta davlat nomi aniqlandi.
AQSh ayollarga zo’ravonlik qilish jihatidan Suriya bilan bir o’rinda ekani tadqiqotchilarning e’tiboridan chetda qolmadi.
BMTga a’zo davlatlardagi ayollar huquqlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislardan muayyan mezonlarga ko’ra eng xavfli davlatlarning ro’yxatini tuzib chiqish so’raldi.
Bu jarayonda davlatlarning sog’liqni saqlash tizimi va iqtisodiy manbalar, jinsiy zo’ravonlik, odam savdosi kabi mezonlar asos qilib olindi.
Tadqiqotga binoan Hindiston dunyoda ayollar uchun eng xavfli davlat ekan. AQSh esa birinchi o’ntalikdan joy oldi.
Londondagi «Thomson Reuters Foundation» ijtimoiy so’rov markazi tadqiqotlariga ko’ra, ayollar uchun dunyodagi eng xavfli mamlakatlar o’ntaligi quyidagicha:
Hindiston
Bu mamlakat uch jihatdan ayollar uchun juda xavfli. Hindistonda ayollar jinsiy, jismoniy zo’ravonlik va ekspulatatsiyaga ko’p uchraydi.
Afg’oniston
Bu davlatda ayollarga zo’ravonlik qilish holatlari ko’p uchraydi. Ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati past, iqtisodiy ahvol tang.
Suriya
Bu davlatda 7 yildan beri davom etayotgan urush tufayli ayollar zo’ravonlikka uchramoqda. Tibbiy xizmat sifati past, ayollarning moddiy ahvoli yaxshi emas.
Somali
Bu davlatda an’anaviy urf-odatlarning ayollar o’rtasida qo’llanishi (majburlab turmushga berish, olib qochib ketish), tibbiy xizmat sifati pastligi, iqtisodiy tanglik ayollar uchun xavf tug’diradi.
Keyingi o’rinlarni Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Yaman, Nigeriya band etgan.
10) AQSh
Amerika ayollar uchun eng xavfli 10-mamlakat ekan. Amerikada ayollarga jinsiy zo’ravonlik juda ko’p ishlatilar, ularning huquqini ta’minlashga esa doimo panja orasidan qaralar ekan.
manba: xabar.uz