KUN KULGISI…

* * *

Ota o’g’liga dedi:

— Men bola ekanimda hech qachon yolg’on gapirmaganman.

— Unda qachon yolg’on gapirishni boshlagansiz?

* * *

Besh bolasi bor ayol katta do’konning liftiga chiqishgach, liftdagi kuzatuvchiga dedi:

— Bolalar bo’limiga!

Shunda bolalardan biri norozi ohangda g’udrandi:

— Oyi, biz kamlik qilyapmizmi sizga?

* * *

— Dugonajon, nega itingga «Eshshak» deb laqab qo’yding?

— Chunki uni ko’chada «Eshshak» deb chaqirsam, hamma erkaklar men tomonga burilib qarashadi.

* * *

Erkak aloqa bo’limiga jo’natma jo’natish uchun keldi. Hech kim yo’q. Xodima gazeta o’qib o’tirardi.

— Kechirasiz… — dedi erkak…

So’zini tugatmasdan xodima baqirdi:

— Navbatga turing!..

— Axir…

— Navbatga turing dedim!..

Erkakning jahli chiqib xodimaning yuziga tuflab yubordi. Ayol jahl bilan o’rnidan turdi-da, titrab-qaqshab dedi:

— Bu nima qilganingiz? Hozir militsiya chaqiraman!

— Ie, siz meni tupurdi deb o’yladingizmi?.. Qarang, navbatda qancha odam turibdi!

* * *

Masxaraboz psixiatr huzuriga kelib so’radi:

— Nega odamlar mening ustimdan kulaveradi?

* * *

Jinni vrachga dedi:

— Do’xtir, sizga rahmat! Meni rahbarlikka intilish kasalidan xalos qildingiz! Bu xizmatingiz uchun sizni viloyat hokimi etib tayinlayman!

* * *

Ayol dugonasiga dedi:

— Kecha ko’chada bir kelishgan erkakni uchratib qoldim. U menga yaqin keldi-da, qo’limga bir dasta pul tutqazdi. Men indamay olaverdim.

— Erkak-chi? Sen unga…

— Voy, puli yo’q erkakni boshimga uramanmi?

* * *

Toshbaqacha tinimsiz daraxtga tirmashib yuqoriga chiqmoqchi bo’lar, har gal pastga qulab tushaverardi. Shu payt daraxt shoxida o’tirgan ikki qushchaning biri ikkinchisiga dedi:

— Azizam, toshbaqacha qiynalib ketdi, axir! Uni asrab olganimizni tushuntirib qo’ygin!

* * *

— Og’ayni, o’lsam, ta’ziyamga kelasanmi?

— Taklif qilsang, albatta kelaman.

* * *

To’rt yoshga kirib ham tili chiqmagan bolakay bir kuni ovqat mahali gapirib yubordi:

— Bu ovqat eskirib qolibdi.

Hayratdan qotib qolgan ota-onasi undan so’rashdi:

— Voy, shu paytgacha nega gapirmaganding?

— Chunki shu paytgacha eskirgan ovqat yemagandim.

Olimjon HAYIT tayyorladi