Xitoylik Van Shiyou ismli kishi o’n yildan ortiq fermerlik bilan shug’ullanib kelishiga qaramasdan, bunday g’ayrioddiy mutatsiya jarayonining guvohi bo’lmagandi, deb yozmoqda zver.ru.
Gap shundaki, fermer yaqinda 200 yuanga oldingi oyoqlari yo’q buzoqchani sotib oldi.
Bu nuqson tufayli jonivor yosh buzoqqa emas, balki kenguruga o’xshab harakatlanadi.
Fermerning aytishicha, uning o’zi va bolalari buzoqchaga allaqachon bog’lanib qolishgan.
Xabarda aytilishicha, nafaqat mahalliy aholi, balki ko’plab sayyohlar u bilan suratga tushish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan kelishmoqda.
Hozirgi kunda buzoqcha yura olmaydi, lekin fermer va uning bolalari yordamida tez kunda yurishni o’rganib olishi shubhasiz.
Buzoqchaning ishtahasi karnay bo’lib, kuniga olti kilogrammdan sut ichadi. Oila a’zolari navbatma-navbat unga qarashmoqda.
Nigora QURBONBOYEVA tayyorladi.