Oxirgi 24 soat ichida Aqto’be viloyatida 9 kishi qordan qutqarildi va 106 kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Kazinform.
Viloyat FVD ma’lumotlariga ko’ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi – yaxvonlik, qor bo’roni va yo’llarning yopilishi sababli Aqto’be viloyatining 7 tumanida yo’llarda 15 ta yengil, 366 ta yuk mashinasi va 7 ta yo’lovchi avtobusi to’planib qolgan.
Xususan, o’zbekistonliklar bo’lgan 2 ta avtobus Samara-Chimkent yo’lida qolib ketgan. Qutqaruvchilar 106 kishini evakuatsiya qildi.
Izohlarni ko`rish