Melanya Tramp turmush o’rtog’i, ya’ni Donald Tramp prezidentlik lavozimiga nomzodi qo’yilmasidan avval juda yorqin rangdagi kiyimlar va yaltiroq taqinchoqlar ishqibozi bo’lgan.
20 yanvar sanasida rasman prezidentlik lavozimini egallagan Donald Trampning rafiqasi, ya’ni AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp ham munozaralarning bosh mavzusi bo’lib kelmoqda. Inauguratsiya marosimida sipo va bejirim liboslarda namoyon bo’lgan Melanya Trampning didi yuqori baholandi. Balki, shu sababdir, u haqdagi ma’lumotlar nafaqat Amerika xalqida, balki boshqa mamlakatlar aholisida ham qiziqish uyg’otmoqda. Bugun Melanya Tramp haqidagi ba’zi faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Melanya Tramp va Donald Tramp orasidagi yosh farqi 24 yosh (Melanya Tramp 1970 yilda, Donald Tramp 1946 yilda tug’ilgan).
Aslida, sloveniyalik bo’lgan Melanya 2005 yilda Tramp familiyasiga o’tgan. 2006 yilda rasman AQSh fuqaroligini olgan. Tramp xonim beshta tilda gaplasha oladi.
AQShda prezident saylovidan avval, ya’ni 2016 yil iyul oyida o’tgan saylovoldi tashviqot davomida chiqish qilgan Melanya Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchradi. U o’z nutqida ayrim jumlalarni o’sha vaqtdagi birinchi xonim Mishel Obamadan «o’g’irlagan»ligi ta’kidlandi. Foydalanuvchilar bu nutqni 2008 yilda Mishel Obamadan eshitganliklarini bildirib, Melanya Trampni tanqid qilishdi.
Melanya Tramp turmush o’rtog’i prezidentlik lavozimiga nomzodini qo’ymasidan avval juda yorqin rangdagi kiyimlar va yaltiroq taqinchoqlar ishqibozi bo’lgan. So’nggi vaqtlarda esa sipo liboslarda ko’rinmoqda.
Saylov vaqtida Donald Tramp va Xillari Klinton munosabatlari keskin tus olganligi sir emas. Aslida esa ular avvalroq oilaviy do’st bo’lishgan. Melanya va Donald Trampning nikoh kechasida Xillari va Bill Klinton ishtirok etishgan.
Amerikaning bir necha OAVlari Melanya Trampni noqonuniy ravishda AQShda ishlaganligi haqida ma’lumotlar tarqatishgan. Ammo Tramp xonim hech qachon noqonuniy ravishda ishlamaganligini ta’kidlab keladi.
«Hordiq plyus» gazetasidan olindi
Post Views: 1 036