Kun kulgisi

— Oyi, men ko’chani aylanib kelaman.
— Kim bilan? Qaerga borasan? Qachon kelasan?
— Dada, men ko’chani aylanib kelaman.
— Yaxshi.

***

Dangasa, ishyoqmas o’g’liga otasi savol berdi:
— O’g’lim, katta bo’lsang kim bo’lasan?
— Qorbobo bo’laman dada, – javob beribdi o’g’li.
— Ie, nima uchun qorbobo? – ajablanib so’rabdi otasi.
O’g’il javob qaytaribdi:
— Agar qorbobo bo’lsam, bir yilda bir kungina ishlayman…

***

Bir odam xizmat safariga keta turib, xotiniga debdi:
— Men safarga ketyapman. Uyni qulflab ketaman. Men kelguncha ko’chaga chiqmagin.
Haligi odam uyni qulflab, kalitini eng yaqin, ishongan do’stiga tashlab debdi:
— Senga hammadan ko’proq ishonaman. Bu uyimni kaliti. Xotinimni rashk qilishimni bilasan. Kalitni hech kimga berma! Men kelguncha xotinim hech kim bilan ko’rishmasin!
Haligi odam samolyotga chiqib, endi uchib ketayotsa, do’sti qo’ng’iroq qilib qolibdi:
— O’rtoq, senga ishonman deganding. Uyni kaliti tushmayapti-ku, boshqa kalitni tashlab ketibsan…!

***

Bir erkak 10 qavatdan pastga yiqilib tushibdi. Havoda pastga tushayotgan erkak o’ziga-o’zi debdi:
— Agar tirik qolsam, ichishni, chekishni tashlayman, xotinimga vafodor bo’laman!
Omadi kelib qolib, shaloplab hovuzga tushibdi. Suvdan boshini chiqarib:
— Pastga tushgunimcha 5 soniya o’tdi-yu, boshimga ming xil bema’ni fikrlar keldi-ya, – dermish.

***

Qizlar yashaydigan talabalar yotoqxonasida idish-tovoqlar ovqatdan keyin yuvilsa, yigitlar yashaydigan yotoqxonada idishlar ovqatdan oldin yuviladi.